Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY hududidagi bolalar maydonchalarining holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida maydonchalarni qayta ta’mirlash va bolalar uchun yanada qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yuborish belgilandi.
Deputatlik faoliyati — aholi manfaatlarini amalda himoya qilish va hududdagi muammolar yechimiga ko‘maklashishdir.