Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BSKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
#Chinoz_tumani #Qonun_o'rganilishi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi (25.12.2019 y., №O‘RQ-598)


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Olimjon Dadajonov hamda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi №O‘RQ-598-sonli Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida Chinoz tumani hokimligining Investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔸 O‘rganish jarayonida:
🔹 Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 Investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralari;
🔹 Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

⚖️ Shuningdek, Qonunda belgilangan investitsiya faoliyati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, investitsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiya muhitini yanada yaxshilash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi ham o‘rganildi.

🔺 Unga muvofiq:
🔹 Investitsiyalarni jalb etish, investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Mazkur qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya raisi, deputat Olimjon Dadajonov tomonidan tuzilgan savolnoma bo'yicha o‘rganish o‘tkazildi. Shuningdek, Chinoz tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli mas’ul xodim M.Qodirovga yuklatilgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berib o'tdi.

Slide 1 of 3