Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN AXBOROT UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SENAT KENGASHI MAJLISIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR, KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA BOLALAR O‘YIN MAYDONCHASI HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
янв.21
YAKKASAROY TUMANIDAGI SHOTA RUSTAVELI KO‘CHASIDA PIYODALAR YO‘LAKLARINI YORITISH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KOMMUNAL TA’MINOT VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
DEPUTATLIK O‘RGANISH

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Ibragimov va 11-sonli “Ustalar ovuli” saylov okrugidan deputat B. Nurlimuratov tomonidan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, maktabning isitish tizimi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi talab darajasida emasligi aniqlandi. Maktab binosi hozirgi kunda ko‘mir yoqilg‘isi hisobiga isitib kelinmoqda. Shu bilan birga, mavjud isitish tizimining texnik holati qoniqarsiz bo‘lib, isitish tizimiga tegishli quvurlarning ayrim qismlari uzoq muddat foydalanilganligi sababli eskirgan, zanglagan va chirigan holatga kelgan.
Mavjud holat maktab binosini qish mavsumida bir maromda va yetarli darajada isitishda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Isitish tizimining eskirganligi va quvurlarning texnik jihatdan yaroqsiz holatga kelganligi sababli tizimni kapital ta’mirlash hamda eskirgan qismlarini yangilash zarur.
Shuningdek, maktabning ko‘mir yoqilg‘isiga bog‘liqligi isitish jarayonini tashkil etishda qo‘shimcha mehnat va xarajatlarni talab etishi, yoqilg‘ini saqlash va yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli ta’lim muassasasini zamonaviy va barqaror isitish tizimiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Xulosa va takliflar
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini yaxshilash, mavjud isitish tizimini ta’mirlash va eskirgan, chirigan quvurlarni yangilash zarur.
Shuningdek, maktabning hozirgi kunda ko‘mir yoqilg‘isi asosida isitilayotganini inobatga olib, ta’lim muassasasini tabiiy gaz tarmog‘iga ulash imkoniyatini ko‘rib chiqish, buning uchun zarur gaz tarmog‘i va tegishli infratuzilmani barpo etish hamda isitish tizimini gaz yoqilg‘isiga moslashtirish masalasini tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish taklif etiladi.
Mazkur masala yuzasidan 11-sonli “Ustalar ovuli” saylov okrugidan deputat B. Nurlimuratov tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish, maktabni tabiiy gaz tarmog‘iga ulash imkoniyatini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘rash maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, maktabning isitish tizimini to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish, yaroqsiz quvurlarni almashtirish, isitish tizimini mavsumga tayyor holatga keltirish va qish mavsumida o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun zarur harorat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilishi lozim.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning ijrosini deputatlik nazoratiga olish taklif etiladi.

Slide 1 of 4