35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NODIRA EGAMBERDIYEVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOLAJONLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YALANG‘OCH MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “IFTIXOR” MAHALLASIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “ADOLAT” MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YUNUSOBOD TUMANIDA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
Ahrorxon Xoshimxonov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
31-OLIM XO‘JAYEV SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
30-KOMOLON SAYLOV OKRUGIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
NODIRA EGAMBERDIYEVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI NODIRA EGAMBERDIYEVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30-Kamolon saylov okrugidan saylangan deputati Nodira Egamberdiyeva Shayxontohur tumanidagi 84-sonli umumta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Axborot uchrashuvini tashkil etishda Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimov, tuman Kengashi deputatlari U.Sobirov va M.Valieva faol ishtirok etdi. Shuningdek, yig‘ilishda Shayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tegishli tashkilotlar vakillari, mahalla raislari, faollar va saylovchilar qatnashdi.

📝 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etganini qayd etdi. Ularda bolalar va sport maydonchalarini qurish hamda ta’mirlash, ko‘p qavatli uylardagi liftlarni yangilash, kirish yo‘laklarini ta’mirlash, obodonlashtirish va mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.

🔺 Shu bilan birga, deputat tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan 4 ta taklif, jumladan sport maydonchalarini barpo etish va ta’mirlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha masalalar Toshkent shahar Kengashiga kiritilgani ta’kidlandi.

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 30-Kamolon saylov okrugi tarkibidagi 11 ta mahalla hududida 2 ta bog‘ barpo etilib, 500 dan ortiq manzarali va 300 ga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🤝 Aholi bilan ishlash yo‘nalishida chorak davomida 2 marotaba sayyor qabul, 3 ta uchrashuv va 2 ta ochiq muloqot tashkil etilib, ularda 60 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 30 tasi ijobiy hal etildi, 20 ta murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 10 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

📁 Hisobot davrida 80 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro bilan manzilli ishlash tashkil etilib, hududda 40 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani ham qayd etildi.

🛠 Okrug infratuzilmasini yaxshilash doirasida 1,5 ming kvadrat metr asfalt qoplamasi yotqizildi, 3 ta ko‘p qavatli uyga lift o‘rnatildi, 10 ta kirish yo‘lagi ta’mirlandi, 680 metr issiqlik tarmog‘i joriy ta’mirdan chiqarildi, 5 ta transformator almashtirildi hamda 10 ta gaz taqsimlash punkti texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuvda aholi tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar, sug‘orish tizimi, obodonlashtirish, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflar ham muhokama qilindi. Ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli o‘rganish va zarur hollarda deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

💡 Yakunda uchinchi chorakda irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar va mahalla infratuzilmasini yaxshilash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

✅ Nodira Egamberdiyeva saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotni davom ettirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda hududdagi muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy hal etish deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5