Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kazakov tomonidan fuqarolar murojaatlari va aholi manfaatlarini himoya qilish maqsadida hududdagi dorixonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda zarur dori-darmonlarning mavjudligi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, dori vositalarining belgilangan tartib asosida sotilishi, narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi uchun sifatli va hamyonbop tibbiy xizmatlarni ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.