35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Sakinaxon Said Gaziyevaga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida tadbirkorlik sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Ulug‘bek Rasulovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonun biriktirilgan:
янв.21
AKBARXON SOBIRXONOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Xo‘ja Uchqun mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
MAHALLA TARAQQIYOTI — AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT VA MANZILLI YECHIMLARDA
янв.21
Bahrom Abduxalimovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
янв.21
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
MUXTOR ILHOMOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏗 DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumani hududidagi “Mirzo Ulug‘bek”, “Bo‘zsuv” hamda “Shayx Shivli” mahalla fuqarolar yig‘inlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barpo etilayotgan bolalar maydonchalarining qurilish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 Deputatlik nazorati doirasida bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishi, jismonan chiniqishi hamda ochiq havoda xavfsiz mashg‘ulotlar olib borishi uchun tashkil etilayotgan bolalar maydonchalarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish davomida qurilish ishlarining bugungi holati, maydonchalarning bolalar uchun qulay va xavfsiz tashkil etilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda ishlarni belgilangan talablar asosida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Shuningdek, bolalar maydonchalarini zamonaviy va xavfsiz o‘yin jihozlari bilan ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, bolalarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda maydonchalardan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

📁 Deputat Nigora Eshmetova tomonidan mas’ullar bilan qurilish jarayonlarining keyingi bosqichlari yuzasidan fikr almashilib, ishlarni sifatli tashkil etish va bolalar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

⚙️ Ayni paytda “Mirzo Ulug‘bek”, “Bo‘zsuv” va “Shayx Shivli” mahallalaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar maydonchalarini barpo etish bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda.

🤝 Mazkur obyektlarda olib borilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida bajarilishi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8