35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Toxirovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonun hujjatlari biriktirilgan:
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
UMID SANAKULOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili amalda — deputatlar nuroniylar holidan xabar oldi
янв.21
Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Vazifalar ijrosi — mahallalardagi ochiq muloqotlar markazida
янв.21
Deputat Luiza Hikmatova mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyat #murojaat_daftari 📄Aholi muammolari xonadonma-xonadon o‘rganilib, murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat D.Toshboyeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.
🏘 O‘rganish jarayonida mahalla raisi va mahalla faollari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolarning kundalik hayoti, turmush sharoiti, mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishildi.
👥 Aholi bilan yuzma-yuz muloqot davomida fuqarolar tomonidan obodonlashtirish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kommunal xizmatlar sifati, hudud infratuzilmasi, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, masalaning kelib chiqish sabablari va uni hal etish imkoniyatlari joyida o‘rganildi. Muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalariga ham ustuvor ahamiyat berildi.
🏡 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati ham o‘rganildi.
Xonadonlarga tashrif davomida ehtiyojmand oilalarning turmush sharoiti, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mazkur toifadagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, mavjud davlat ko‘magidan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning muammolarini hal etish bo‘yicha mahalla tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🌱 Mahalladagi obodonlashtirish va hududni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida mahallaning sanitariya va obodonlashtirish holati, ko‘chalar va xonadonlar atrofining tozaligi, hududni ozoda saqlash, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Mahalla faollari bilan hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish va fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
📋 Murojaatlar ijrosi deputatlik nazoratida
O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlik nazoratiga olindi.
Deputat tomonidan murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilishi va muammolar o‘z yechimini topishi ustidan nazorat olib borilishi ta’kidlandi.
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi
Bunday xonadonma-xonadon o‘rganishlar orqali hududdagi muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, fuqarolarning fikr va takliflarini eshitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish imkoniyati yaratilmoqda.
Yakunda mahalla raisi va faollari bilan fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tizimli ravishda hal etish, murojaatlar ijrosini ta’minlash, hududdagi obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2