35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
UMID SANAKULOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili amalda — deputatlar nuroniylar holidan xabar oldi
янв.21
Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Vazifalar ijrosi — mahallalardagi ochiq muloqotlar markazida
янв.21
Deputat Luiza Hikmatova mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
Otabek Jiyanboyevning "Saylovchilar deputatdan rozimi?" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
Deputat Vasila Alimova inson huquqlari va bola huquqlariga bag‘ishlangan seminar-treningda ma’ruza qildi
UMID SANAKULOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI UMID SANAKULOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 33-“Beltepa” saylov okrugi deputati Umid Sanakulov saylovchilar bilan ochiq muloqot shaklida navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda hududda o‘z yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan axborot berdi.

📁 Mazkur yig‘ilishda Shayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimov, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi o‘rinbosari A.G‘afurov, tuman hokimligi bosh mutaxassisi J.Xushvakov, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etdi.

🗣 Hisobot davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragida Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etgani, ularda hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirgani qayd etildi.

🌳 Hisobot davrida saylov okrugidagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 400 dan ortiq manzarali hamda 300 ga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida deputat tomonidan chorak davomida 4 marotaba sayyor qabul, 3 ta uchrashuv hamda 2 ta ochiq muloqot tashkil etildi. Ularda 60 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot qilinib, uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

📨 Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 30 tasi ijobiy hal etilib, 5 ta murojaat yuzasidan tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 20 nafar band bo‘lmagan fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.

📉 Hududdagi suv ta’minoti, obodonlashtirish hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga oid muammolarni bartaraf etish maqsadida 3 ta deputatlik so‘rovi Toshkent shahar va tuman darajasidagi tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

💡 Hisobotda mahallalarda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar ham alohida qayd etildi. Xususan, 100 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro bilan manzilli ishlash, shuningdek 40 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🎙 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash doirasida chorak davomida okrug hududida 1,5 ming kvadrat metr asfalt qoplamasi yotqizildi, 8 ta ko‘p qavatli uyga lift o‘rnatildi, 20 ta yo‘lak ta’mirlandi, 1 ta transformator almashtirildi hamda 1,2 kilometr elektr kabeli tortildi. Mazkur ishlar hudud aholisiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga qaratilgani ta’kidlandi.

⚡️ Shuningdek, deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida mahallalardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uylarni boshqarish, jamoat transporti, bandlik, obodonlashtirish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi muntazam o‘rganib borilayotgani bildirildi.

💼 Kelgusi davr uchun ham qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasi va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda infratuzilma loyihalarini izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

✅ Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar umumlashtirilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10