35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Toxirovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonun hujjatlari biriktirilgan:
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
UMID SANAKULOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili amalda — deputatlar nuroniylar holidan xabar oldi
янв.21
Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Vazifalar ijrosi — mahallalardagi ochiq muloqotlar markazida
янв.21
Deputat Luiza Hikmatova mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
Oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan tumandagi 1-Konchi saylov okrugiga qarashli Davlat xizmatlari markazida "Sharq yulduzi" mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida oila muqaddas maskan ekani, uni asrab-avaylash, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyat, nikohning huquqiy hamda ma’naviy asoslari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, "Sharq yulduzi" mahallasi yettiligi bilan hamkorlikda nizoli oiladagi mavjud vaziyat muhokama qilinib, oilada o‘zaro totuvlikni mustahkamlash, kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish hamda oilani saqlab qolishga qaratilgan zarur tavsiya va tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday uchrashuvlar oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3