Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Tashmatov "Istiqbol" mahallasida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida bugungi kunga qadar erishilgan natijalar e'tirof etildi. Jumladan, kambag‘allik darajasi 4,8 foizni tashkil etib, 6 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 31 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 17 nafari ish bilan ta'minlandi, 14 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratildi.
Shuningdek, ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan manzilli ishlash, tomorqalardan samarali foydalanish hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.