35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
MUXTOR ILHOMOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Toxirovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonun hujjatlari biriktirilgan:
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
UMID SANAKULOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili amalda — deputatlar nuroniylar holidan xabar oldi
янв.21
Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
“Bahor” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi

“Bahor” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan belgilangan reja asosida 14-Ziyokor saylov okrugi hududidagi “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad mahallada aholi bilan manzilli ishlash tizimini, fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududining umumiy yer maydoni 17 gektarni tashkil etib, hududda 4 ta ko‘cha mavjud. Mahallada jami 1562 ta xonadon bo‘lib, ularda 1760 ta oila istiqomat qiladi.
Mahalla aholisining umumiy soni 4900 nafarni tashkil etadi. Shundan 2543 nafari erkaklar, 2357 nafari ayollar hisoblanadi. Aholining yosh tarkibi bo‘yicha 0–6 yoshdagi bolalar 344 nafar, 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar 890 nafar, 14–30 yoshdagi yoshlar 642 nafar, 60 yosh va undan katta keksalar 1300 nafarni tashkil etadi.

Ijtimoiy holat tahlil qilinganda, mahallada 970 nafar pensioner, shundan 635 nafari ayollar ekani aniqlandi. Shuningdek, hududda boquvchisini yo‘qotgan 6 ta oila, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar 5 nafar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar 84 nafarni tashkil etadi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 90 nafar xotin-qiz, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 45 nafar yosh mavjud. Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi oilalar soni 29 ta, “Kambag‘al oilalar reyestri”dagi oilalar soni 22 tani tashkil etadi.

Bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganish jarayonida mahallada 130 nafar ishsiz fuqaro mavjudligi, shundan 7 nafari ishsiz yoshlar, 75 nafari ishsiz xotin-qizlar ekani ma’lum bo‘ldi. Mehnat migratsiyasiga ketgan fuqarolar soni 28 nafarni tashkil etadi.

Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holati ham tahlil qilinib, 2025-yilda 4 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgani, ajrim bo‘lgan oilalardagi farzandlar soni 2 nafar ekani aniqlandi. Hududda 8 ta nizoli oila mavjudligi qayd etildi.
Mahalla hududidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati o‘rganilganda, 5 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta umumta’lim maktabi hamda 1 ta tibbiyot muassasasi faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, hududda 56 ta tadbirkorlik subyekti, 15 ta savdo do‘koni, 10 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 1 ta dorixona, 2 ta o‘quv markazi, 1 ta sartaroshxona faoliyat yuritmoqda. Mahalla hududida 1 ta masjid ham mavjud.

Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bo‘yicha mahalladagi ichki yo‘llar, elektr va ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi. Hududda 3 ta transformator mavjud bo‘lib, 1562 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3