35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
MUXTOR ILHOMOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Toxirovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida bank va kredit sohasiga oid quyidagi qonun hujjatlari biriktirilgan:
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
UMID SANAKULOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"Inson qadri har narsadan ustun" tamoyili amalda — deputatlar nuroniylar holidan xabar oldi
янв.21
Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
#sessiya

Sessiya ishida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiya raislari hamda OAV vakillari — “OKMK” telekanali va shahar hokimligi matbuot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

✍️Kun tartibidagi masalalar:
Sessiya davomida shahar hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid quyidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi:
1. Toshkent viloyati transport boshqarmasiga yuborilgan "Kengash so‘rovi" natijalari (Oliy Majlis Senatining KQ-53-V-sonli qarori ijrosi talablaridan kelib chiqqan holda) to'g'risida.
2. Shahar hududida amalga oshiriladigan tadbirlar va xarajatlar uchun 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ yo‘naltirish to'g'risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevral kunidagi 78-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida.
4. Olmaliq shahrida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha Qarshi shahri tajribasi asosida chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to'g'risida.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, shahar rivoji va aholi farovonligiga xizmat qiluvchi tegishli qarorlar bir ovozdan tasdiqlandi.
🌐 Sessiya jarayoni jamoatchilik uchun to‘liq ochiq tarzda, shahar Kengashining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirga uzatildi.

Slide 1 of 10