35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Dilshod Shoumarov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Qahramonov Mirziyod Sunnatillayevich Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
янв.21
Saylovchilar ishonchi deputat zimmasiga qanday mas'uliyat yuklaydi?
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil I yarim yillik faoliyati raqamlarda
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tashabbusi va faol ishtirokida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bilimli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yini yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida yakunlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi

Qabul davomida saylovchilar tomonidan elektr ta’minoti, uy-joy va kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, har bir murojaatning mazmun-mohiyati batafsil o‘rganildi.
Shuningdek, murojaatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrim masalalarni joyida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijroga qaratilib, mutasaddi tashkilotlarga yuborish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta'kidlandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning qonuniy va ijobiy yechim topishi yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot va hududdagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish samarali deputatlik faoliyatining muhim mezoni hisoblanadi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 1