#24_masala
#Kotibiyat_xodimi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi mahallada bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish ishlari va maishiy chiqindilarni to‘plash holatini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida chiqindi to‘plash joylari, hududning tozaligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish va maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lov tariflari masalasi ham muhokama qilinib, bu boradagi taklif va mulohazalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|