Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi asosida Yangi Zamin mahallasi Zamin ko‘chasida yashovchi fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish bilan bog‘liq murojaati mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.
💧 O‘rganish natijasida hududdagi 40 ta xonadon tomorqasini sug‘orishda suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlanib, uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Jumladan, "Said yop" kanalining loyihada belgilangan qismi tozalanib, sug‘orish tizimi yaxshilandi va murojaat ijobiy hal etildi.
🤝 Mazkur ishlar aholi tomorqalarini suv bilan barqaror ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish yo‘lida muhim amaliy natija bo‘ldi.