#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Toxirshayx mahallasida og‘ir toifadagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining borishi, aholi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|