Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 36-sessiyasida faol ishtirok etdilar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" podstansiyasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat Aziz Ibragimov tomonidan hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalar joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova "Mustaqil yurt" mahallasidagi dolzarb muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Yashnobod tumanidagi xavfsizlik va jamoat tartibi masalalari ko‘tarildi
янв.21
Kotibiyatlar faoliyati tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" podstansiyasi qurilishi bilan tanishdi

#deputatlar_nazorati #deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" podstansiyasi qurilishi bilan tanishdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov hamda Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Z.I. Kavaev Bektemir tumanidagi "Iykota" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan yirik energetika loyihasining amalga oshirilish jarayonini joyiga chiqib o‘rgandi.

⚙️ Tashrif davomida deputatlar mahalla hududida jadal sur’atlarda bunyod etilayotgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Iykota" podstansiyasi qurilishi bilan yaqindan tanishib, loyiha bosh pudratchisi hamda soha mutaxassislari ishtirokida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Muloqot chog‘ida podstansiyada amalga oshirilayotgan so‘nggi montaj va sozlash ishlari, o‘rnatilayotgan zamonaviy, yuqori quvvatli hamda energiya tejamkor uskunalarning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, obyektdagi asosiy qurilish-montaj ishlari yakuniy bosqichga yetgan bo‘lib, yangi podstansiyani yaqin kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

💡 Ta’kidlanganidek, mazkur yirik energetika loyihasining ishga tushirilishi nafaqat "Iykota" mahallasi, balki Bektemir tumanidagi aholi, ijtimoiy soha obyektlari va ishlab chiqarish korxonalarini yilning barcha fasllarida, ayniqsa kuz-qish mavsumi hamda yozning yuqori yuklama davrlarida sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Natijada mavjud elektr tarmoqlaridagi yuklama sezilarli darajada kamayib, energiya ta’minoti tizimining barqarorligi va ishonchliligi yanada oshiriladi.

📚 O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat ham kompleks tahlil qilindi. Xususan, elektr ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati, aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, hududni obodonlashtirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda fuqarolar uchun qulay infratuzilma yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🌳 Shuningdek, o‘rganish davomida podstansiyani belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan foydalanishga topshirish, obyekt atrofini obodonlashtirish, zarur muhandislik infratuzilmasini to‘liq yakunlash hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan fikr almashildi.

💼 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar ham sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish hamda tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4