Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining bo‘lajak sessiyasi kun tartibiga muhim masala kiritildi
Uzun tumanida davom etayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari Deputatlar guruhi va doimiy komissiyalar tomonidan joylarga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
E’tiborlisi, ushbu keng ko‘lamli o‘rganishlar ishchi guruh tomonidan avvalo tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan boshlandi.
Mazkur muassasada yozgi mavsum uchun ishlab chiqilgan rejalar, monitoring tizimi va metodik ta’minot holati ko‘zdan kechirilib, so‘ng bevosita joylardagi real ahvolni tahlil qilishga o‘tildi.