Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘yicha ma’lumot olindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Yangibog‘ mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi, bolalar maydonchasini barpo etish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatlarida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
"Katta Qo‘yliq" mahallasida aholini qiynayotgan muammolar deputat ishtirokida joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
Deputatlik so‘rovi natijasida Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘yicha ma’lumot olindi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi natijasida Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘yicha ma’lumot olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xusniddin Ergashev tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Shofayzi” va “Hamdam” ko‘chalarini bog‘lab turgan Bo‘zsuv kanali ustida yo‘l o‘tkazgich qurilishi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i A.A. Isroilov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, mazkur hudud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-iyuldagi 441-F-son farmoyishi asosida amalga oshirilayotgan Bo‘zsuv kanali qirg‘oqbo‘yi hududlarini kompleks obodonlashtirish va zamonaviy sayilgoh barpo etish loyihasining ikkinchi bosqichi qamroviga kiritilgan.

📁 Qayd etilishicha, loyiha doirasida hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, kanalning ikki qirg‘og‘ini o‘zaro bog‘lash hamda transport va piyodalar qatnovini yaxshilash maqsadida Bo‘zsuv kanali ustidan yangi ko‘prik (yo‘l o‘tkazgich) qurilishi nazarda tutilgan.

📉 Hozirgi vaqtda loyiha bo‘yicha loyihaoldi hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari olib borilayotgani, yakuniy loyiha yechimlari vakolatli tashkilotlar bilan kelishilgandan so‘ng tasdiqlangan hujjatlar asosida qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bildirilgan.

🔎 Shuningdek, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala amalda ko‘rib chiqilgani hamda “Shofayzi” va “Hamdam” ko‘chalarini bog‘lovchi yangi ko‘prik qurilishi Bo‘zsuv kanali qirg‘oqbo‘yi hududlarini kompleks rivojlantirish loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlangan.

🤝 Mazkur masalaning ijrosi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xusniddin Ergashev tomonidan nazoratda saqlanmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1