Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalladagi muammolarni doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
23-Istirohat saylov okrugidagi "Qor yog‘di" mahallasida mahalla yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Shomansur Sagdullayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘yicha ma’lumot olindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Yangibog‘ mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi, bolalar maydonchasini barpo etish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatlarida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati F. Siddiqov tomonidan “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili doirasida hokim yordamchisi bilan birgalikda Zoyirov Islom dehqon xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xo‘jalikda yetishtirilgan “Shirin makkajo‘xori” mahsuloti holati hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari bilan tanishildi. 50 sotix yer maydonida yetishtirilgan hosil pishib yetilgani va undan samarali daromad olinayotganligi qayd etildi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar dehqon xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tegishli mas’ullarga tajribani kengaytirish va “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyilini amaliyotga keng joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2