Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bektemir tumanidagi "Abay" mahallasida Abay Qo‘nonboev byustini o‘rnatish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalladagi muammolarni doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
23-Istirohat saylov okrugidagi "Qor yog‘di" mahallasida mahalla yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Shomansur Sagdullayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘yicha ma’lumot olindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Yangibog‘ mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi, bolalar maydonchasini barpo etish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatlarida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va targ‘iboti yuzasidan o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Tangirov Tursunqul, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Kenjayeva Mazluma, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamda bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodir hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi O‘RQ–364-sonli “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida Muzrabot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi faoliyati bilan tanishilib, mas’ul xodimlar ishtirokida qonun ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda 57 106 nafar voyaga yetmaganlar istiqomat qiladi.

O‘rganish jarayonida ayrim mahallalarda, xususan Tong yulduzi va Dehqonobod mahallalarida vasiylik va homiylikka muhtoj bolalar hamda nomzodlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilmayotgani tanqidiy tahlil qilinib, bu holat bolalar manfaatlarini himoya qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Shuningdek, tumandagi 4 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda jami 8 nafar nogironligi bo‘lgan bola ta’lim olmoqda. Bundan tashqari, Shaffof mahallasidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ham inklyuziv ta’lim tashkil etilgan.

Mas’ullar tomonidan ota-onasi chet elga ketgan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni oilaviy muhitga joylashtirish hamda qonun bilan kafolatlangan huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari muntazam olib borilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa mahallalar, ta’lim muassasalari va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4