Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 36-sessiyasida faol ishtirok etdilar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" podstansiyasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodir Yunusov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat Aziz Ibragimov tomonidan hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalar joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova "Mustaqil yurt" mahallasidagi dolzarb muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Yashnobod tumanidagi xavfsizlik va jamoat tartibi masalalari ko‘tarildi
янв.21
Kotibiyatlar faoliyati tanqidiy muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Navbatdagi sessiya chaqirildi

Sessiya tuman hokimligi axborot xizmatining fecbookdagi rasmiy sahifasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Sessiya kun tartibida quyidagi:

1. Toyloq tumani hokimi B.Raxmatullayevning 2026-yilda Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarining 2026-yil I chorakdagi ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toyloq tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari Tulqin Gulmurodovning hisoboti to‘g‘risida.
3. Tuman soliq inspeksiyasi rahbari Z.Sindorovning mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi haqidagi hisoboti to‘g‘risida.
4. Toyloq tumani mahalliy budjetining 2026-yil I charak ijrosi to‘g‘risida.
5. Toyloq tumani mahalliy budjetining 2026-yil I chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida.
6. Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2026-yil 9-fevraldagi
“2026-yilda Toyloq tumani bo‘yicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida”gi VII-20-13-7-104-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
7. Toyloq tumani bo‘yicha 2026-yil sug‘orish mavsumi uchun suv istemolchilariga o‘rnatiladigan cheklangan suv miqdorini (limit) tasdiqlash to‘g‘risida.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 12-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-325-V-sonli qarori haqida.
9. Toyloq tumani hokimining 2026-yil 3-apreldagi “Xaydarov Sherzod Ravshanovichni Toyloq tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etish to‘g‘risida”gi 70-7-104-Q/26-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
10. Toyloq tumani hokimining 2026-yil 3-apreldagi “Djurakulov Jaxongir Suyunovichni Toyloq tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi 71-7-104-Q/26-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
11. Toyloq tumanida ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqilishi belgilangan.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook