Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bektemir tumanidagi "Abay" mahallasida Abay Qo‘nonboev byustini o‘rnatish masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalladagi muammolarni doimiy komissiya muhokamasiga olib chiqdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
23-Istirohat saylov okrugidagi "Qor yog‘di" mahallasida mahalla yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Shomansur Sagdullayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi bo‘yicha ma’lumot olindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Yangibog‘ mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi, bolalar maydonchasini barpo etish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tuman Kengashi kotibiyatlarida kadrlar bilan ishlash tizimi hamda kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi
Mustaqillik MFYda fuqarolar murojaatlari va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mustaqillik MFYda fuqarolar murojaatlari va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan "Mustaqillik" MFY hududida fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda uyma-uy o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar tinglanib, murojaatlarning mazmuni tahlil qilindi hamda ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati ham o‘rganilib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday joylardagi o‘rganishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4