Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
янв.21
Bir murojaat – bir yechim
янв.21
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida
янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘zi saylangan okrugidagi “Oydin” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi M.Mirzaxmedov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish,bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi
ishlar tahlil qilindi.Natijalarga ko‘ra, 5 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 47 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. Yil boshidan buyon 16 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ajratilgan 380 mln, 40 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Shuningdek, 6 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalar yo‘lga qo‘yilib, amaliy faoliyat boshlangani qayd etildi.Uchrashuv yakunida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 2