Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi
янв.21
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali “Yashil iqtisodiyot” va ekologik islohotlar ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
Deputat tashabbusi bilan qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanaev tomonidan tumandagi Jarquduq mahallasida aholi bilan hamkorlikda qabriston hududini obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

🔘Mazkur xayrli tashabbus doirasida qabriston hududi tartibga keltirilib, tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarning taklif va istaklari inobatga olinib, qabristonga yangi darvoza o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu tashabbus mahalla aholisining birligi, hamjihatligi va muqaddas qadamjolarga bo‘lgan hurmatining amaliy ifodasi bo‘lib, hududni yanada obod va ko‘rkam etishga xizmat qilmoqda.

🔘Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4