Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali “Yashil iqtisodiyot” va ekologik islohotlar ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida tuman Kengashi deputati maktab binosida amalga oshirilayotgan joriy va kapital ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish jarayonlarining belgilangan muddatlarga muvofiq tashkil etilgani hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni ko‘zdan kechirdi. Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarining borishi, bajarilgan ishlar hajmi va navbatdagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, maktabda yozgi ta’til davrida amalga oshirilayotgan o‘quvchi-yoshlarni mazmunli dam oldirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari, turli to‘garaklar va kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mashg‘ulotlarning tashkil etilishi bilan ham tanishildi.  

Slide 1 of 5