Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
янв.21
Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat xavfsizligi tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yana bir masala ijobiy hal etildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
Yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi

Yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova fuqarolar murojaatlari asosida tuman Suv ta’minoti hamda Gaz ta’minoti bo‘limlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati va fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Deputat tomonidan qonun hujjatlarining mazmunini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, mutasaddilarga qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazishda hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob qaytarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunida qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5