Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
янв.21
Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat xavfsizligi tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yana bir masala ijobiy hal etildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi, ekspert guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.

📋 Kun tartibida tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

💬 Muhokamalar davomida dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sport, madaniyat, ma’naviyat hamda kasb-hunarga oid tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

✅ Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 4