Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
янв.21
Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat xavfsizligi tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yana bir masala ijobiy hal etildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Muhammadiev Ural Lafasovich tomonidan mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🏘 O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llari, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarning sanitariya holati tahlil qilindi.

🔎 Aniqlangan holatlar: Mahalla hududini o‘rganish davomida ayrim ichki ko‘chalarda yo‘l qoplamalarini ta’mirlash zarurligi, umumiy foydalanish hududlarida sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil maydonlarni tartibga keltirish lozimligi qayd etildi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlarini yanada faollashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

💬 Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan joyida suhbat o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1