Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
янв.21
Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat xavfsizligi tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda
янв.21
Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yana bir masala ijobiy hal etildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida
Uchinchi masala:Tuman yo'llardan foydalanish korxonasi davlat muassasi direktori.S.Jo‘rayevning hisoboti tinglandi.

Uchinchi masala:Tuman yo'llardan foydalanish korxonasi davlat muassasi direktori.S.Jo‘rayevning hisoboti tinglandi.

Angor tuman hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida joriy yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

“Angor tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi tarkibida 2 ta yo‘l bo‘limi faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatuvchi 313-yo‘l bo‘limi hamda mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatuvchi 314-yo‘l bo‘limi mavjud.Muassasa balansida jami 122 kilometr avtomobil yo‘li mavjud bo‘lib, shundan.
xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar – 22 km.
davlat ahamiyatidagi yo‘llar – 36 km.
mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar – 64 kmni tashkil etadi.

Tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 “Almati–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz–Termiz” avtomobil yo‘lining 1419–1441 kilometr oraliqlari Angor tumani hududidan o‘tadi. Ushbu yo‘lning 22 kilometr qismi asfalt-beton qoplamali bo‘lib, I toifali avtomobil yo‘li hisoblanadi.

Joriy yil boshidan buyon mazkur avtomobil yo‘lining 22 kilometr qismida saqlash va ekspluatatsiya ishlari doirasida yo‘l elementlarini oqlash va qoralash, yaroqsiz holga kelgan yo‘l yoritish chiroqlarini yangilariga almashtirish, eskirgan yo‘l belgilarini yangilash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 25 ta piyodalar o‘tish joylari belgilandi hamda yo‘l yotiq chiziqlari qayta chizildi.

Bundan tashqari, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida ham reja asosida joriy ta’mirlash ishlari olib borilib, yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish, yo‘l chetlarini tozalash, suv o‘tkazish inshootlarini soz holatda saqlash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kelgusida ham tuman hududidagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarini tizimli davom ettirish orqali aholi va transport vositalari uchun yanada qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.