👥 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Risqulova, ekspertlar guruhi a’zosi J.Bo‘rixo‘jayev, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Yo‘ldashev hamda ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib bordilar.
🚑 O‘rganish davomida tumanda joriy yilning 5 oyi mobaynida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati va xizmatlar sifati tahlil qilindi.
✅ Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.