#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Yangihayot tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati hamda xalq deputatlari tuman Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini amalga oshirishda ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatib borish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. Mazkur ishlar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov tomonidan amalga oshirildi.
📝 Jarayon davomida tuman Kengashi va kotibiyatining tashkiliy-huquqiy faoliyati, ish yuritish tizimi, deputatlik so‘rovlari ijrosi, kundalik amalga oshirilayotgan ishlar rejasi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobdorligi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
🔎 Shuningdek, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar ijrosini tizimli nazorat qilish, doimiy komissiyalar faoliyatini yanada faollashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifati hamda elektron platformalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Ishchi guruh tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mahalliy Kengashlarning 24 ta eng muhim yo‘nalishi bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirish, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
🔺 Yakunda Yangihayot tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda Kengash faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash