🏛 Deputat so‘rovi chiqarildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M. Tillayeva tomonidan Adolat mahallasi hududidagi ichki ko‘chalarda daydi itlar soni ko‘payib borayotgani yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan holat aholi xavfsizligi va sanitariya-osoyishtalik masalalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olib, mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Qo‘shko‘pir tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
Instagram | Face book | You Tube