Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi
янв.21
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannapova Yunusobod tumanidagi “Bog‘i Eram” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda faol ishtirok etilgani, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📉 Muloqotda “Bog‘i Eram” mahallasi faollari, mahalla “yettiligi” vakillari hamda aholi tomonidan hududdagi qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, ekologiya va obodonlashtirish xizmatlari faoliyati yuzasidan mavjud kamchiliklar, ayrim ko‘chalarda tungi yoritish tizimining yetarli emasligi, mahallada spirtli ichimlik iste’moli bilan bog‘liq holatlarning uchrayotgani, mahalla fuqarolar yig‘ini yonidagi bolalar maydonchasining yaroqsiz holga kelgani hamda hududdagi qurib qolgan daraxtlarni kesish masalalari muhokama qilindi.

💡 Shuningdek, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida yoshlar bandligi, tibbiy xizmatlar sifati, ichki yo‘llar va yoritish tizimi holati, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ekologik holat va boshqa ustuvor masalalar yuzasidan hududiy o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

🔎 O‘rganishlar davomida “Bog‘i Eram” mahallasi jinoyatchilik darajasi bo‘yicha qizil toifaga kirishi, hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha videokuzatuv kameralariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda butun mahalla hududida atigi 2 ta kuzatuv kamerasi mavjud bo‘lib, xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida kamida 30 ta videokuzatuv kamerasini o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

📨 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida Yunusobod tumani hokimligi hamda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga deputatlik so‘rovlari tayyorlanib yuborildi. Mazkur so‘rovlarda qurigan daraxtlarni bartaraf etish, bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish, yoritish tizimini yaxshilash hamda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari ilgari surildi.

💬 Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda hududdagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, aholi manfaatlarini himoya qilish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4