Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi
янв.21
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov Vatanparvar MFYda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi.
 O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish holati muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla aholisiga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Mahallada tozalik va ozodalikka rioya etish, hududlarni obod saqlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, mahalla faollari oldida turgan ustuvor vazifalar hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5