Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi
янв.21
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur qonun dehqon xo‘jaliklarining huquq va majburiyatlari, yer uchastkalaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati I. Yakubov tomonidan ushbu qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida dehqon xo‘jaliklari faoliyatida qonun talablariga rioya etilishi, yer maydonlaridan maqsadli foydalanish hamda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyati deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1