Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi
янв.21
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi
#jarayon

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan bo'sh turgan 13-Changtepa saylov okrugiga qarashli "Chegara" MFY yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faolining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

📌O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlar, ularning muammolarini hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar hamda mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida o‘rganildi. Xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko'rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2