Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi
янв.21
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi
Mahalladagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova hamda kotbiyat mutahassislari tomonidan Mingchinor mahallasi hududidagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘cha va ichki yo‘llarning bugungi holati, fuqarolar harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Ayniqsa, ta’mirtalab yo‘l uchastkalari, yo‘l qoplamasidagi nosozliklar va aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘plandi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan muloqot qilinib, ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha taklif hamda mulohazalari tinglandi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va yo‘llar holatini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bosqichma bosqich hal etilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 1