Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
“Farhod” mahallasi binosi foydalanishga topshirildi
янв.21
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Yangihayot tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
️Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali Yakkasaroy tumanidagi dolzarb masalalar ko‘tarildi
Po‘latchi mahallasidagi muammolar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov hamda tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtovlar hamkorlikda tumandagi Po‘latchi mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

➡️Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, Po‘latchi mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi D.Mardonov hududdagi elektr energiyasi ta’minoti va ichimlik suvi bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

➡️Shuningdek, uchrashuvda mazkur masalalarni hal etishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan fikrlar bildirildi.

➡️Yakunda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov va tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtov tomonidan mahalla faoliyati samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3