Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi
янв.21
Fotima Mannapova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi
MAKTABDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI TAHLIL QILINDI

 MAKTABDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati S. Bo‘riyeva, kotibiyat bosh
mutaxassisi A. Fozilov hamda “MADAD” NNT tuman vakili X. Qodirovlar ishtirokida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son
qarori ijrosi doirasida Yuqori Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
joylashgan 46-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan
rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida maktabda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari
holati, sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan
atroflicha tahlil olib borildi.


Deputat tomonidan jarayon yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar
berilib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash muhimligi ta’kidlandi.


O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar va takliflar asosida tegishli
chora-tadbirlar belgilandi hamda ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd
etildi. Aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga
kiritilib, nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4