DEPUTAT NAZORATI
Baxmal tumanida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov ishtirok etdi. Oʻrganish jarayonida tumandagi 3 va11-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi.
Xususan:
taʼlim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyachilar malakasi va ish faoliyati, moddiy-texnik baza va jihozlanish darajasi, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati va ovqatlanish tizimi kabi muhim jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, taʼlim sifatini yanada oshirish hamda ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.