Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati deputatlar nazoratida
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Депутатом Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов Саид Газиевой Сакинахон Шерзодовной направлены депутатские запросы в адрес около 20 органов местной исполнительной власти
янв.21
❗️Dep Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi
янв.21
Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayfulla Ahmedov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 15-may, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati deputatlar nazoratida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏫 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati deputatlar nazoratida

🏛 “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida yong‘in, elektr, sanitariya va umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Habibulla Akilov, Nigora Eshmetova, Aziz Ibragimov, Muxtor Ilhomov hamda tuman Kengashi deputatlari Muqaddas Rahmatillayeva va Dildora Islomovalar hamkorligida Shayxontohur, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi 62-, 341-, 451- hamda 418-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari tashkil etildi.

🔎 O‘rganishlar davomida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in va elektr xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash holati, ichimlik suvi sifati, tibbiy xizmat ko‘rsatish, evakuatsiya tizimlari hamda muassasalardagi umumiy xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Deputatlar tomonidan savolnoma asosida muassasalardagi mavjud sharoitlar batafsil o‘rganilib, xodimlarning favqulodda holatlarga tayyorgarligi, yong‘in o‘chirish vositalarining ishchi holati, elektr jihozlari xavfsizligi, hududlarning qo‘riqlanish darajasi va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

⚠️ O‘rganishlar natijasida ayrim muassasalarda sport va o‘yin maydonchalarini xavfsizlantirish, sanitariya talablarini yanada kuchaytirish, elektr jihozlarini yangilash, videokuzatuv tizimlarini kengaytirish hamda xodimlar uchun qo‘shimcha tibbiy va xavfsizlik treninglarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

💬 Deputatlar tomonidan muassasa mas’ullariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ota-onalar va jamoatchilik vakillarini nazorat jarayonlariga keng jalb etish, bolalar xavfsizligi bo‘yicha profilaktik ishlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

🤝 O‘rganish yakunida deputatlar bolalar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish jamiyatdagi eng ustuvor vazifalardan biri ekanini qayd etib, bu boradagi jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilishini bildirdilar.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9