Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xavfsizlik va sanitariya talablariga rioya etilishi o‘rganildi
янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati deputatlar nazoratida
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Депутатом Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов Саид Газиевой Сакинахон Шерзодовной направлены депутатские запросы в адрес около 20 органов местной исполнительной власти
янв.21
❗️Dep Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi
янв.21
Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA “AGROLOGISTIKA MARKAZI” QURILISHI OʻRGANILDI

 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA “AGROLOGISTIKA MARKAZI” QURILISHI OʻRGANILDI 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal
kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-132-son Qaroriga muvofiq,
Quva tumani Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻini hududida yirik investitsiya
loyihasini amalga oshirish belgilangan. Xususan, 15 gektar yer maydonida
“ENERGY-LAND” qoʻshma korxona shaklidagi MCHJ tomonidan umumiy qiymati 50
million AQSH dollariga teng boʻlgan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish
va taqsimlash” agrologistika markazini barpo etish rejalashtirilgan. 

Mazkur qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari M.Sayfidinov, B.Abduraximov, Sh.Joʻrayev hamda B.Sharipovlar
tomonidan kotibiyat mudiri R.Nodirov rahbarligida atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida loyihaning amalga oshirish bosqichlari, qurilish
ishlarining borishi, sifati va belgilangan muddatlarga muvofiqligi, shuningdek,
obyektni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash ishlarining holati
tanqidiy-tahliliy asosda koʻrib chiqildi. 

Shu bilan birga, ushbu loyihaning tuman iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, qishloq
xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va bozorlarga yetkazib berish
tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi. Agrologistika
markazi orqali mahsulotlarning sifatini saqlash, ularni eksportbop holatda
tayyorlash va tashqi bozorlarga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish koʻzda
tutilgani qayd etildi. 

Loyiha toʻliq ishga tushirilishi natijasida hududda zamonaviy logistika infratuzilmasi
shakllanishi, yuzlab yangi ish oʻrinlari yaratilishi, aholi daromadlarining
oshishi hamda tumanning investitsiyaviy jozibadorligi sezilarli darajada
yuksalishi kutilmoqda. Shuningdek, loyihaning samarali amalga
oshirilishi yuzasidan tegishli masʼullarga aniq taklif va tavsiyalar berildi
hamda ijro jarayoni deputatlik nazoratiga olindi.  

Slide 1 of 9