Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati deputatlar nazoratida
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Депутатом Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов Саид Газиевой Сакинахон Шерзодовной направлены депутатские запросы в адрес около 20 органов местной исполнительной власти
янв.21
❗️Dep Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi
янв.21
Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayfulla Ahmedov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 15-may, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Saylovchilar bilan uchrashuv

❗️Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Umar Jumayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Bandixon tumaniKengashi deputati Umar Jumayev 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar va ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📝 Deputat tomonidan Bandixon tumanidagi “O'rg'ulsoy” mahallasida fuqarolar, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📁 Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash masalalari alohida nazoratga olindi.

🔎 Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

📉 Hududlardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazorati doirasida atroflicha o‘rganildi.

💡 Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholi bandligi masalalari yuzasidan ham tizimli monitoring olib borildi.

📣 Hisobot davomida Umar Jumayev Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

🗣 Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

⚡️Mazkur ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani mustahkamlash, hududiy muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 8