Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yashnobod tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi
янв.21
Umidjon Sanakulov Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yubordi
янв.21
“Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat tashrifidan so‘ng muammo hal bo‘ldi
янв.21
Mahalla raislari salomatligi – hudud rivoji va samarali boshqaruv garovi
янв.21
Ekologik xavfsizlik va jamoatchilik nazorati — ustuvor vazifa
янв.21
Deputatlarining haftalik faoliyati bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi
янв.21
Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam
Deputat yoshlar yutug‘ini e’tirof etdi

“Romish” mahallasida “Buyuk Sharq renessansi” xalqaro olimpiadasi g‘olibini taqdirlash tadbiri tashkil etildi.
✔️Mazkur nufuzli xalqaro bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar ishtirokchi bilan qatnashib, yakunda 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.
✔️E’tiborlisi, ushbu yutuqlardan biri Jondor tumani yoshlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, Jondor tumanidagi 44-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muhammad Primboyev xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
✔️Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining deputati O.Sherov tomonidan g‘olib o‘quvchi, uning ustozlari hamda ota-onasi samimiy muborakbod etildi. Tadbir davomida ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✔️Ta’kidlanganidek, bunday yutuqlar yoshlarimizning bilim va salohiyati, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.
✔️Yosh avlodning ilm-fan yo‘lidagi muvaffaqiyatlari bundan buyon ham keng qo‘llab-quvvatlanadi.

Slide 1 of 6