Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat tashrifidan so‘ng muammo hal bo‘ldi
янв.21
Mahalla raislari salomatligi – hudud rivoji va samarali boshqaruv garovi
янв.21
Ekologik xavfsizlik va jamoatchilik nazorati — ustuvor vazifa
янв.21
Deputatlarining haftalik faoliyati bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi
янв.21
Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammoga tezkor yechim topildi
янв.21
Muqimiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Aholi salomatligi va murojaatlari markazida – manzilli yondashuv
Ekologik xavfsizlik va jamoatchilik nazorati — ustuvor vazifa

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌿 Ekologik xavfsizlik va jamoatchilik nazorati — ustuvor vazifa

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Murodxon Jo‘rayev, Sergey Mironov hamda Sevara Fayziyeva boshchiligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi mutasaddilari va boshqa mas’ul tashkilot vakillari ishtirokida Bektemir tumanida joylashgan oqova suvlarni tozalash inshootida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida mazkur inshoot faoliyati atroflicha tahlil qilinib, oqova suvlarni tozalash texnologik jarayonlarida qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, obyektning eskirganligi, foydali ish koeffitsiyentining pasaygani hamda suv tarkibida zararli moddalar mavjudligi ekologik xavfsizlik nuqtayi nazaridan jiddiy e’tibor talab etishi qayd etildi.

📌 Hududiy o‘rganish davomida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida ekologik barqarorlik, aholi salomatligini muhofaza qilish, hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish va fuqarolar uchun qulay ekologik muhit yaratish masalalariga alohida urg‘u berildi.

📉 Deputatlar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, eskirgan texnologiyalar o‘rniga zamonaviy va innovatsion yechimlarni, jumladan uzluksiz tozalash tizimlari hamda aviatsion-fermentativ qayta ishlash usullarini joriy etish zarurligi ta’kidlandi. Mas’ul tashkilotlarga muammoni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda jarayon ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati o‘rnatildi.

🤝 Mazkur o‘rganish ekologik muammolarni joyida tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda poytaxt aholisi uchun sog‘lom va xavfsiz ekologik muhitni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4