Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yashnobod tumanidagi “Hilol”, “Uchchinor” va “TashIsti” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – hududdagi muammolar yechimiga xizmat qiluvchi amaliy maydon
янв.21
Deputat taklifi — Kengash qarori bilan ajratilgan mablag‘ ijroda
янв.21
“Yashil makon” – kelajak avlod uchun ekologik mas’uliyat maktabi
янв.21
Shomansur Sagdullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Majid Taxirov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot – hudud rivoji va aholi manfaatlari yo‘lida
янв.21
Mirobod tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot: ko‘tarilgan masalalar amaliy o‘rganildi
янв.21
Yashnobod tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Deputat taklifi — Kengash qarori bilan ajratilgan mablag‘ ijroda
#DeputatFaoliyati #ToshkentShaharKengashi #MirzoUlugbek #Obodonlashtirish #PoytaxtDeputatlari

❗️Deputat taklifi — Kengash qarori bilan ajratilgan mablag‘ ijroda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 3-Shahriobod okrugi deputati Sh. Sagdullayevning taklifiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani “Elobod” MFY hududida joylashgan 451-DMTTning fasad qismini ta’mirlash uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil noyabr oyidagi qaroriga muvofiq 500,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.

🔨 Ayni paytda mazkur muassasada ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

📌 Ma’lumot uchun, 451-DMTT 1972-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, quvvati 360 o‘rinli. Qurilish-ta’mirlash ishlari Toshkent shahar “Yagona buyurtmachi” IK buyurtmachiligida “RENAISSANS BUILDER” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 1251 kv.m fasad qismi to‘liq ta’mirlanmoqda.

✅ Yaqin kunlarda ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

✅ Bu kabi amaliy ishlar deputatlarimiz tashabbusi bilan izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 4