Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
Deputat ishtirokida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o’rganildi.

Mahallada ehtiyojmand toifadagi oilarni qo’llab-quvvatlash, ularga sifatli va manzilli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish masalasi doimiy e’tiborda bo’lib kelmoqda. Shu maqsadda 17-Bog’isaydon saylov okrugi deputati H.Aslonov, Xalq deputatlar tuman Kengashi mutaxassisi Sh.Tog’ayev, Bog’iturkon MFY raisi ishtirokida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha o’rganildi.

O’rganish jarayonida kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg’iz keksalar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi. Ularning turmush sharoiti, kundalik ehtiyojlari, davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy yordamlar va xizmatlardan foydalanish darajasi tahlil qilindi. Ayniqsa, yordamlarning manzilli va o’z vaqtida yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Joyiga chiqqan holda o’rganish davomida ehtiyojmand xonadonlardan birida amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Xususan, mazkur xonadonning uyi shifir qilinib, yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy yordam ko’rsatilgan. Shuningdek, oilaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy ko’maklar yetkazib berilgani qayd etildi.

Deputat tomonidan bu kabi xayrli ishlar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlarning qamrovini yanada kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko’rsatish tizimini takomillashtirish bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi amaliy ishlar mahallada mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 1