Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
Yoshlar uchun tashkil etilgan tadbirlar samaradorligi o’rganildi.

Mahallada yoshlar uchun tashkil etilayotgan shaxmat-shashka tadbirining samaradorligini oshirish maqsadida o’rganish ishlari olib borildi. Ushbu jarayonda 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva, Xalq deputatlar tuman Kengashi mutaxassisi G.Soliyeva, Azizon MFY yoshlar yetakchisi, Azizon MFY xotin-qizlar faoli, uyushmagan yoshlar ham bevosita ishtirok etib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirlar doirasida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport va intellektual o’yinlarga jalb qilish, shuningdek, turli ma’naviy-ma’rifiy loyihalar orqali faolligini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat tomonidan mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho berildi, shu bilan birga, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tadbirlarni yanada takomillashtirish bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi tashabbuslar mahallada yoshlarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1