Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
❗️Yoshlar salomatligi va ongli tanlov – kelajak poydevori
янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat saylovchilar oldida hisoboti bilan chiqdi: yosh mahalla raisi va faollar ishtirok etdi

Deputat saylovchilar oldida hisoboti bilan chiqdi: yosh mahalla raisi va faollar ishtirok etdi

 Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Norsayev saylangan hududidagi saylovchilar oldida o‘z faoliyati bo‘yicha hisobot berdi. Tadbirda hududdagi yosh mahalla raisi va faollar ishtirok etdi.

️Hisobot davomida deputat:

 hududdagi dolzarb muammolar va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni taqdim etdi;

 mahalladagi ijtimoiy, kommunal va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha natijalarni ma’lum qildi;

 aholining murojaatlari va takliflarini tinglab, ularni amaliy yechimga yo‘naltirish choralarini belgiladi.

️ Tadbirda ishtirok etgan yosh mahalla raisi va faollar:

 o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi;

 deputat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni birgalikda hal etish bo‘yicha takliflar berdi.

 Shu tariqa, saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqot tashkil etilib, hududdagi ishlar yuzasidan to‘liq axborot berildi va kelgusida hamkorlikni kuchaytirish yo‘llari belgilandi.

Slide 1 of 9